Maxfiylik siyosati
Tahrir: 2026-yil 18-noyabr
Qisqasi: biz faqat ishingizni tayyorlash, to'lovni hisoblash va siz bilan bog'lanish uchun kerakli ma'lumotlarni olamiz. Ularni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz. Saytda reklama yoki kuzatuv cookie'lari yo'q.
1. Kim ma'lumotlarni qayta ishlaydi
Yakka tartibdagi tadbirkor Rabbonaqulov Otajon Latifxon o'g'li (keyingi o'rinlarda — «biz»), slaydlarim.uz va kursishi.uz saytlari hamda @slaydlarim_bot va @kursishimbot botlari egasi. Siyosat «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuzilgan.
2. Qanday ma'lumotlar olinadi
- Telegram profili: Telegram ID raqami, ism, username va tanlangan til. Ular Telegram orqali kirganingizda olinadi. Telefon raqamingiz olinmaydi.
- Buyurtma ma'lumotlari: mavzu, fan, hajm, til va siz kiritgan boshqa maydonlar (masalan, titul varag'idagi OTM, fakultet, ism, guruh). Ma'lumotnoma (obyektivka) buyurtmasida — formaga yozgan shaxsiy ma'lumotlaringiz va qarindoshlaringiz haqidagi ma'lumotlar.
- Yuklagan fayllaringiz: slayd uchun rasmlar, namuna fayllar, test bazalari, to'lov cheklari.
- To'lovlar: summa, usul, sana va to'lov tizimidagi tranzaksiya raqami. Karta raqami, amal qilish muddati va SMS kod bizga berilmaydi — ular to'lov tizimining sahifasida kiritiladi.
- Foydalanish: buyurtmalar, baholar va izohlar, balans va bonus harakatlari, o'yin natijalari.
3. Nima uchun
- buyurtmani tayyorlash va natijani sizga yuborish;
- balans, to'lov va bonuslarni hisoblash, pulni qaytarish;
- savol va shikoyatlaringizga javob berish;
- buyurtma holati, tayyor ish va unutilgan buyurtma haqida xabar yuborish;
- xizmat sifatini yaxshilash va suiste'molni aniqlash;
- soliq va buxgalteriya hisobini yuritish.
4. Kimga beriladi
Ma'lumotlar sotilmaydi va reklama uchun berilmaydi. Ular faqat xizmatni ko'rsatish uchun quyidagilarga, kerakli hajmda beriladi:
- sun'iy intellekt xizmatlari (OpenAI, Google, Anthropic) — ishni yozish, rasm va ovoz tayyorlash uchun buyurtma mazmuni yuboriladi. Telegram ID va to'lov ma'lumotlari yuborilmaydi;
- rasm qidiruv xizmatlari (Wikimedia, Pexels, Pixabay, Openverse) — faqat qidiruv so'zlari;
- to'lov tizimlari (Click, Payme, Atmos) — to'lov summasi va buyurtma raqami;
- Telegram — xabar va fayllarni yetkazish uchun;
- server va tarmoq xizmatlari (Railway, Cloudflare) — sayt va botlar shu xizmatlarda ishlaydi;
- qonunda belgilangan hollarda — vakolatli davlat organlariga.
Bu xizmatlarning ayrimlari O'zbekistondan tashqarida joylashgan, shuning uchun ma'lumotlar chet eldagi serverlarda qayta ishlanadi. Servisdan foydalanib, siz bunga rozilik bildirasiz.
5. Qancha saqlanadi
- Telegram profili, buyurtmalar va to'lovlar yozuvi — hisobingiz mavjud ekan va soliq qonunchiligida belgilangan muddat davomida;
- tayyor fayllar — Telegram'da (chatingizda va bizning yopiq arxiv kanalimizda); serverdagi nusxalar xizmat turiga qarab 1 kundan to hisob o'chirilgunga qadar;
- slayd uchun yuklangan rasmlar — 48 soat;
- ma'lumotnoma formasi (keyingi safar to'ldirilgan holda ochilishi uchun) — 90 kun yoki o'zingiz o'chirguningizcha;
- saytga kirish sessiyasi — 30 kun, har kirganda yangilanadi.
6. Cookie
Sayt bitta cookie ishlatadi — sid: kirganingizni eslab qolish uchun, 30 kun. Reklama, kuzatuv yoki uchinchi tomon analitika cookie'lari (Google Analytics, Yandex Metrika va boshqalar) ishlatilmaydi. «Chiqish» tugmasi cookie'ni o'chiradi.
7. Himoya
Ma'lumotlar shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi. Bazaga faqat Servis va administrator kira oladi. Saytga kirish havolasi bir martalik va 10 daqiqa amal qiladi.
8. Sizning huquqlaringiz
Siz quyidagilarni so'rashingiz mumkin:
- biz siz haqingizda qanday ma'lumot saqlayotganimizni bilish;
- noto'g'ri ma'lumotni tuzatish;
- ma'lumotlaringizni va hisobingizni o'chirish (soliq qonunchiligi talab qiladigan to'lov yozuvlari bundan mustasno);
- xabar va eslatmalardan voz kechish — buning uchun botni to'xtatish kifoya.
So'rovingizni @kursishim1 ga yozing. 30 kun ichida javob beramiz.
9. Yosh
18 yoshga to'lmagan foydalanuvchilar Servisdan ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligi bilan foydalanadi.
10. O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi va tahrir sanasi yangilanadi.
Bog'lanish
- Telegram: @kursishim1